Press Releases

62 pages
8 views

A K A D E M I Y A

of 62
All materials on our website are shared by users. If you have any questions about copyright issues, please report us to resolve them. We are always happy to assist you.
Share
Description
A K A D E M I Y A
Transcript
  0 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI A K A D E M I Y A A. A. AKILOV R. N. DIMETOV YO‘L HARAKATI QOIDALARI (BELGILAR, ATAMALAR VA TUSHUNCHALAR) Toshkent–2012  1 O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Tahririyat-noshirlik hay’atida ma’qullangan Taqrizchilar :O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Markaziy Axborot dispetcherlik xizmati boshlig‘i A.A. Pardiyev; O‘zbekiston Respublikasi Mudofaaga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkilotining Toshkent shahar Bektemir tumani kengashi raisi Q. K. Xoliqulov ;IIV Akademiyasi yo‘l transport harakati xavfsizligini tashkil etish kafedrasi katta o‘qituvchisi B. Sh. Umarov Akilov A.A., Dimetov R.N .  -39 Yo‘l harakati qoidalari (belgilar, atamalar va tushunchalar): Lug‘at- ma’lumotnoma. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. – 62 b   39.808  2 Lug‘at-ma’lumotnomada yo‘llarda harakatlanish qoidalaridan kelib chiqqan holda yo‘l belgilari va chiziqlari, ularning turlari, xususiyatlari, o‘rnatilish joylari, ta’sir etish hududlari, yo‘llarda harakatlanish xavfsizligiga doir atama va tushunchalarning mazmuni qisqacha bayon qilingan. Shuningdek, har qaysi belgi hamda yo‘l chiziqlarning harakatlanish xavfsizligidagi ahamiyati bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan. Ushbu yo‘nalishda ta’lim olayotgan tinglovchi va kursantlar, shuningdek, haydovchilar, piyodalar hamda keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan. © O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012  2 So‘z boshi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti hamda mamlakatimiz va jahon avtomobilsozlik sanoatining jadal rivojlanishi tufayli yurtimizda avtotransport vositalaridan foydalanuvchilar soni kundan-kunga ortib borayotgani hech kimga sir emas. Bu esa, o‘z navbatida, yo‘l harakati qatnashchilari, ya’ni haydovchi, yo‘lovchi va piyodalarning yo‘l harakati qoidalariga og‘ishmay rioya etishlarini talab qiladi. Yo‘l harakati qoidalarini yaxshi o‘zlashtirish va amalda qo‘llay olish har bir shaxs uchun koni foyda. Zero, “Yo‘l qoidasi – umr foydasi” degan ibora bejizga aytilmagan. Shundan kelib chiqqan holda, har bir inson o‘z xatti-harakatlarini amalga oshirsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ushbu lug‘at-ma’lumotnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-masining 2000-yil 11-dekabrdagi 472-sonli qarori bilan tasdiqlangan va 2001-yil 1-martdan kuchga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yo‘llarda harakatlanishning yagona tartibini belgilovchi «Yo‘llarda harakatlanish qoidalari» va O‘zbekiston Respublikasining «Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida»gi 1999-yil 19-avgust qonuni talablariga asoslangan holda tayyorlangan. Unda yo‘llarda harakatlanish qoidalari, yo‘l belgilari va chiziqlari hamda ularning mohiyatiga oid tushuncha, atama va ma’lumotlar alifbo tartibida bayon qilingan. Belgilar ramzi oldidagi raqamlar ularning qaysi belgilar turkumiga taalluqliligini va tartib raqamini anglatadi. Mazkur kitobchani tayyorlashda «Avtomobil tayyorgarligi» fani bo‘yicha ta’lim oluvchilarning bilimlarini mustahkamlash, ularning kelgusi amaliy faoliyatida avtotransport vositalaridan mohirlik bilan foydalana olishlariga ko‘maklashish maqsadi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, ushbu kitobcha harakat qatnashchilari, yo‘llarda harakatlanish qoidalarini endigina o‘rganayotgan haydovchilar, haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihon topshiruvchilar, maktab, litsey, kollej o‘quvchilari va oliy o‘quv yurtlarining talabalari uchun foydalidir.  3 A  Avariya  –  har xil tasodifiy sinishlar, buzilishlar, transport vositasi harakatlanayotganda qism yoki butun moslamaning ishlamay qolishi. Ko‘pincha, avariyani yo‘l-transport hodisasi (YTH) bilan almashtiradilar, lekin avariya har doim ham YTHga olib kelmaydi. 5.12. «Avtobus va (yoki) trolleybusning to‘xtash joyi»  (axborot-ishora belgisi) belgilangan yo‘nalishli transport vositalarining to‘xtash joyini bildiradi. Ushbu belgining havorang joyida shu yerda (ya’ni bekatda) to‘xtab o‘tuvchi belgilangan yo‘nalishli transport vositalarining raqamlari aks ettirilishi mumkin. Mazkur belgi o‘rnatilgan joyda (agar belgilangan yo‘nalishli transport vositalariga xalaqit bermasa) istisno tariqasida boshqa transport vositalarining haydovchilari ham o‘z yo‘lovchilarini tushirish yoki chiqarish uchun to‘xtashlari mumkin. Aks holda, belgidan oldin ham, keyin ham 15 m  joy qoldirish lozim. Shaharda belgilangan yo‘nalishli transport haydovchilaridan boshqa haydovchilar bekatdan ketayotgan avtobus va trolleybuslarga yo‘l berishlari lozim. Trolleybus va avtobus haydovchilari ham ularga yo‘l berilayotganligiga ishonch hosil qilganidan keyingina bekatdan harakat qilishlari zarur. Shahardan tashqaridagi yo‘llarda esa avtobus va trolleybus haydovchilari bekatdan chiqayotganlarida to‘g‘ri yo‘lda katta tezlikda harakatlanayotgan transport vositalarini o‘tkazishlari shart. 5.1. «Avtomagistral»  (axborot-ishora belgisi) yirik shaharlarni bog‘lovchi yo‘llarning boshlanishida o‘rnatiladi. Avtomagistralda tez yurish (ya’ni soatiga 40 km dan kam bo‘lmagan tezlikda harakatlanish) tartibi joriy etiladi. Bunga avtomagistralda chorrahalarning yo‘qligi (ular o‘rnida transport vositalari harakatlarini ajratuvchi yo‘l ayirgichlari bo‘ladi), piyodalarning yurishlari, to‘xtash (buning uchun magistralning tashqarisida maydonchalar quriladi), orqaga yurish va qayrilishlarning taqiqlanishi kabilar  4 hisobiga erishiladi. Shuni unutmaslik kerakki, yo‘ldagi harakatlanish qatorlarining ko‘pligi yo‘lning avtomagistral deb atalishiga yetarlicha asos bo‘la olmaydi. 5.2. «Avtomagistralning oxiri» (axborot-ishora belgisi) harakatlanishni tashkil etishda 5.1. belgida ko‘rsatilgan cheklovlarning tugaganini bildiradi. 5.3. «Avtomobillar uchun mo‘ljallangan yo‘l»  (axborot-ishora belgisi) har qanday avtomobil, avtobus va mototsikllar harakatlanadigan yo‘lni bildiradi. Ushbu belgini o‘rnatishdan ko‘zlangan maqsad – mazkur yo‘lda traktor, velosiped, moped va ot-aravalarning harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaslik. 5.4. «Avtomobillar uchun mo‘ljallangan yo‘lning oxiri» (axborot-ishora belgisi) 5.3. belgidagi cheklovlarning tugaganini bildiradi. 7.10. «Avtomobillarni ko‘rikdan o‘tkazish joyi»  (qo‘shimcha axborot belgisi) «To‘xtab turish joyi» yoki «Dam olish joyi» belgilari bilan birgalikda qo‘llaniladi va haydovchining kuchi bilan transport vositasiga mayda texnik xizmat ko‘rsatish uchun handaq yoki estakada borligini ko‘rsatadi.  Ajratuvchi bo‘lak  –  yo‘lning yonma-yon harakatlanish qismini ajratib turuvchi bo‘lak. Unda harakatlanish yoki to‘xtash taqiqlanadi. Ajratuvchi bo‘lakning kengligi yo‘lning harakatlanish kengligiga bog‘liq bo‘ladi. U yo‘lning harakatlanish bo‘lagi bilan bir tekisda yoki balandroq qilib quriladi va ko‘kalamzorlashtiriladi. Agar u 15-20  m bo‘lsa, harakat xavfsizligi uchun ahamiyatlidir. Ammo butalarning o‘sib, chakalakzorga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.  Arava – ot (yoki boshqa hayvonlar)ga qo‘shib yoxud inson kuchi bilan tortib (itarib) harakatga keltiriladigan yurgizgichsiz (dvigatelsiz), yuk tashishga mo‘ljallangan qurilma. 5.31. «Aylanib o‘tish tasviri»  (axborot-ishora belgisi) sariq rangda bo‘ladi va unda vaqtincha yopib qo‘yilgan yo‘l qismini chetlab o‘tish (qanday tartibda harakatlanish) chizma shaklida ifodalaniladi. Mazkur belgi bevosita aylanib o‘tish joyi oldiga yoki shahardan 50-100  m, shahar tashqarisidagi chorrahadan 150-300  m oldinda o‘rnatiladi.
We Need Your Support
Thank you for visiting our website and your interest in our free products and services. We are nonprofit website to share and download documents. To the running of this website, we need your help to support us.

Thanks to everyone for your continued support.

No, Thanks
SAVE OUR EARTH

We need your sign to support Project to invent "SMART AND CONTROLLABLE REFLECTIVE BALLOONS" to cover the Sun and Save Our Earth.

More details...

Sign Now!

We are very appreciated for your Prompt Action!

x